16:10 / 18.10.2019
0
3836
Afg‘onistonda masjidda yuz bergan portlashlar natijasida 17 kishi halok bo‘ldi
Foto: REUTERS / Omar Sobhani

Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi masjid binosida juma namozi vaqtida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. 

TOLO News telekanalining xabar berishicha, yana bir necha kishi jarohatlangan.

Avvalroq Pajvak agentligi juma namozi vaqtida Xaska Mino tumanidagi masjid binosiga raketalar kelib urilganligi haqida xabar qilgandi. Agentlikning qayd etishicha, portlash oqibatida masjid tomi o‘pirilib tushgan.

Hozircha portlash uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top