11:00 / 18.10.2019
0
9109
Bugun «Meridian» turar-joy majmuasida hayotingizni boshlang va ertangi kuningizni betashvish o‘tkazing!

«Meridian» TJM – bu yangi, qulay uy-joy kompleksi bo‘lib, u poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan. Turar-joy majmuasining binolari funksional rejalashtirish va zamonaviy muhandislik yechimlari, hamda xavfsizligi bilan ajralib turadi.

Ikkita yetti qavatli uy, zamonaviy talablar va barcha zarur standartlarga javob beradigan amaliy tartibli 128 xonadondan iborat. Joylashuv va me'moriy elementlarni rejalashtirayotganda, biz qulay yashash uchun barcha muhim sanalgan nyuanslarni o‘rganib chiqdik. Turar-joy majmuasi Parkent bozori yaqinida joylashgan. Qulay muhit, keng ijtimoiy infratuzilma bilan ta'minlangan: tibbiy va o‘quv muassasalari, supermarketlar, bank filiallari, kafe va dorixonalar.

Majmua yaqinida zamonaviy ko‘p qavatli ko‘prik qurilmoqda, u kunning istalgan vaqtida tirbandliklarsiz uyingizga yetib olishingizni ta'minlaydi. Binolarning old qismi, atrof-muhit bilan uyg‘un va maksimal yorug‘likni ta'minlovchi tabiiy toshdan foydalangan holda zamonaviy uslubda ishlangan. Xona haroratining tebranishidan, namlik, chang va shovqindan himoya qiluvchi Shveytsariyaning «Engelberg» oyna-romlari, individual isitish tizimi va ajoyib termoizolyatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan g‘ishtdan foydalanish sababli bizning xonadonlarimiz issiq va qulaydir.

Binolarning kirish qismiga Belorussiyaning ishonchli va mustahkam «Buldors» eshiklari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, videodomofon tizimining ishlashi katta afzallikdir. Majmua ichida «avtomobilsiz hovli» konsepsiyasi qo‘llangan, bu sizning transport vositangiz turadigan, nazorat qilinuvchi yer-osti avtoturargohi mavjudligini anglatadi.

Hovlida bolalar uchun o‘yin maydonchalari mavjud – bu yerda sizning farzandingiz o‘z bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish yoki tengdoshlari bilan birgalikda dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hudud yopiq bo‘lib, 24 soat davomida videokuzatuv yordamida nazorat qilinadi, xususan pod'yezdlar, bolalar maydonchasi, avtoturargoh doimiy nazorat ostida.

«Meridian» turar-joy majmuasining afzalliklari:

  • «Tegola» kompaniyasining (Italiya) egiluvchan tom qoplamasi;
  • Binoning zamonaviy ergonomik dizayni;
  • Qulay transport tizimi;
  • Video nazorat ostidagi yopiq hudud;
  • «Dahua» kompaniyasining videodomofoni;
  • Bolalar o‘yingohi;
  • Individual isitish tizimi;
  • Yuqori sifatli 6-kamerali plastik oyna-romlar;
  • Ishonchli va tezyurar «Beta» (Turkiya) liftlari;
  • Yer-osti avtoturargohi.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq kiling:

Murojat uchun telefon: (99) 857-55-55

Savdo ofisi: (95) 196-05-50

Sayt: www.themeridian.uz

Facebook: fb.com/themeridian.uz

Instagram: @themeridian.uz

Telegram: @themeridianuz

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top