11:49 / 18.10.2019
0
3506
Buxoroda elektr tarmog‘idagi ortiqcha yuklanish yong‘inga sabab bo‘ldi
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Buxoroda elektr tarmog‘idagi ortiqcha yuklanish yong‘inga sabab bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytiladi. 

2019 yilning 16 oktabr kuni soat 10:40da Buxoro viloyati Buxoro tumani S.Ayniy ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Q.ning uyida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga to‘rtta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 6 daqiqada yetib borgan. Yong‘in soat 11:00da o‘rab olinib, soat 11:55da bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida yashash uyining 95 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan uyning 145 kv. metr maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘inning taxminiy sababi - elektr tarmog‘ida ortiqcha kuchlanish. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top