19:51 / 18.10.2019
0
9998
Nazarboyevning nabirasi Londonda politsiyachini tishlab olgani uchun bir yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi, 28 yoshli Oysulton Nazarboyev Buyuk Britaniyada London shahri politsiyachisiga hujum qilgani uchun bir yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi.

"Bi-bi-si"ning xabar berishicha, u giyohvand modda ta'siri ostida politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatgan, ulardan birini urib, qo‘lini tishlab olgan. 

Nashrning yozishicha, hukmga ko‘ra, unga 18 oylik sinov muddati berilgan, giyohvandlikka ruju qo‘yishdan davolanishda davom etishi lozim, shuningdek, ijtimoiy mehnat qilishi va jarima to‘lashi kerak. Agarda sinov muddati davomida qonunni buzsa, qamoq jazosi shartlidan haqiqiyga aylanadi.

Qozog‘iston sobiq rahbarining nabirasi 140 soatlik ijtimoiy mehnatga jalb etiladi. Giyohvandlikka ruju qo‘yishdan davolanish bo‘yicha 20ta majburiy sessiyaga qatnashadi hamda ming funt jarima va yetkazilgan zararni qoplash uchun 5 ming funt to‘laydi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top