00:05 / 18.10.2019
0
13247

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi davlat tomonidan qabul qilib olindi

17 oktyabrda Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasida davlat qabul komissiyasi bayonnomasi imzolanishi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir zavodning va majmuaning butun infratuzilmasi qurilishi to‘liq yakunlanganini anglatadi.  

“LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ davlat komissiyasiga foydalanishga qabul qilish uchun har biri yiliga 4,05 mlrd kubmetr tabiiy gazni qayta ishlovchi ikkita texnologik chiziqqa ega gazni qayta ishlovchi zavod, ma'muriy korpus, ta'mirlash zonalari va boshqa obektlar, 1150 kishilik avtonom turarjoy majmuasi, 220 kmlik jamlash tizimi obektlari, 71 ta quduq, 285 km avtomobil yo‘li, 70 kmlik eksport qilish gaz quvuri, 55 kmlik tashqi suv ta'minoti tizimi, 268 kmlik elektr uzatish liniyasini o‘z ichiga oluvchi to‘liq bitkazilgan obektni taqdim qildi.  

Davlat qabul komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Energetika, Bandlik va mehnat munosabatlari, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” AJ, O‘zenergiyanazorat, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zdavneftgaznazorat, Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, kasaba uyushmalari tashkilotlari, Buxoro viloyati hokimligi vakillari, jami 30 ga yaqin kishi kirgan.

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi 2018 yil aprelda tantanali ravishda ochilgan edi. Zamonaviy muhandislik va transport infratuzilmasiga ega 3,5 mlrd dollarlik majmua loyihaviy muddatidan 8 oy oldin foydalanishga kiritilgan. Zavod yiliga 8 mlrd kubmetr gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top