16:20 / 18.10.2019
0
8654
«Real» va «Barselona» o‘rtasidagi mavsumning ilk «el-klasiko»si keyinroqqa qoldirildi
Foto: Global Look Press

Ushbu haftada Barselonada boshlangan noroziliklar 26 oktyabrga belgilangan mavsumdagi ilk "el-klasiko" - "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazilishini so‘roq ostida qoldirdi. O‘yin keyinroqqa surildi, deb xabar berdi BBC News.

La Liga qaroriga ko‘ra, klublarga uchrashuv muddatini kelishish uchun 21 oktyabrga qadar vaqt berildi. Agarda klublar kelisha olmasa, uchrashuv muddatini chempionat tashkiliy qo‘mitasi belgilaydi, deb yozadi Marca nashri.

17 oktabr kuni har ikki klub vakillari uchrashuvni 19 dkabrda o‘tkazishni taklif qildi. Ammo bunga La Liga qarshi chiqdi va matchni teletranslatsiyalar jadvalidan kelib chiqib 7 dekabrda o‘tkazishni taklif qildi. Buning uchun "Barselona"-"Mayorka" va "Real"-"Espanol" uchrashuvlarini ko‘chirishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, "Barselona" bosh murabbiyi o‘yin Madridda o‘tkazilishiga qarshi ekanligini aytdi.

O‘ninchi tur oldidan "Real" turnir jadvalida 18 ochko bilan birinchi o‘rinda, "Barselona" esa 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top