00:57 / 19.10.2019
0
19518
Italiyaning taniqli klubi bankrot deb e'lon qilindi 

“Palermo” klubi endi Italiya futbol xaritasida yo‘q. Jamoa hattoki havaskorlik ligalarida ham ishtirok etmaydi.

Klub bankrot bo‘ldi va faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Corriere dello sport nashri xabar berdi. 

Palermo shahri sudi klubning bankrot bo‘lganini tasdiqlagan. Klubning sobiq egasi Mauritsio Dzamparinining o‘g‘li Andrea sudga 10 mln yevrolik qarzning bir qismini to‘lab berishni taklif qilgan, biroq bu qarorni o‘zgartirishga yetarli bo‘lmagan. 

Avvalroq “Palermo” moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblanib, Italiya chempionatining D seriyasiga tushirib yuborilgandi. 1986 yilda ham klub shu kabi vaziyatda faoliyatini to‘xtatgan, biroq kelasi yildayoq tiklangan.

Klub 1900 yilda tashkil topgan bo‘lib, uch marta Italiya kubogi finaliga chiqqan va 5 marta V seriyada g‘olib bo‘lgan.

Klub uchun o‘z vaqtida Xaver Pastore, Edison Kavani, Luka Toni kabi mohir futbolchilar to‘p surgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top