22:40 / 19.10.2019
7
40235

Jamshid Qo‘chqorov yilning eng yaxshi moliya vaziri deb e'tirof etildi

Buyuk Britaniyaning Global Markets nashri (“Euromoney Institutional Investor”ning qismi) Jamshid Qo‘chqorovni "Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi (shu jumladan MDHda) 2019 yilning eng yaxshi moliya vaziri" deb e'tirof etdi.

“Jamshid Qo‘chqorov keyingi vaqtdagi iqtisodiy liberallashtirish dasturining ishonchli yetakchisiga aylandi. Odatda sobiq sovet respublikalarida qolib ketgan taqiqlar sababli uzoq yillik to‘xtashlardan so‘ng islohotchi prezident Mirziyoyev valuta bozorini liberallashtirish, savdo cheklovlarini yengillashtirish va xalqaro obligatsiyalar bozoriga O‘zbekistonning ilk bor kirib borishini Qo‘chqorovga ishonib topshirdi”, -deyiladi nashr xabarida.

Taqdirlash va tantanali e'lon qilish marosimi XVJ va Jahon bankining Vashingtonda o‘tkaziladigan yillik yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top