19:03 / 19.10.2019
0
4286
Londonda o‘n minglab kishilar Brexit’ga qarshi namoyishga chiqdi

London poytaxti markazida o‘n minglab kishilar Brexit’ga qarshi norozilik yurishi o‘tkazmoqda. Qatnashchilar Britaniya parlamenti tomon harakatlanmoqda.

London poytaxti markazida o‘n minglab kishilar Brexit’ga qarshi norozilik yurishi o‘tkazmoqda. Qatnashchilar Britaniya parlamenti tomon harakatlanmoqda.

OAV xabariga ko‘ra, Yevroittifoq bilan Brexit bo‘yicha kelishuv muhokama qilinadigan Vestminster saroyi binosi oldidagi maydon namoyishchilarning so‘nggi manzili bo‘ladi. Faollar parlament oldida qirollikning Yevroittifoqdan ajralib chiqishiga qarshi nutqlar so‘zlashi rejalashtirilgan.

Norozilik yurishlarini People's Vote tashkiloti uyushtirgan. Tashkilotning maqsadi mamlakatning YeIga a'zoligi bo‘yicha qayta referendum o‘tkazishdir. 

Avvalroq People's Vote 19 oktabr kuni shahar ko‘chalariga bir milliondan ortiq kishini chiqarishni maqsad qilganini bildirgandi. 

19 oktabr kuni oqshomda Britaniya parlamenti jamoatchilik palatasida YeI bilan Brexit bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top