00:29 / 19.10.2019
0
20231
Lukashenko prezident lavozimidan ketgach nima bilan shug‘ullanmoqchiligini ma'lum qildi   

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat rahbari lavozimidan ketgach nima bilan shug‘ullanmoqchiligi haqida so‘zladi. U bu boradagi fikrlari bilan prezident huzuridagi akademiyada o‘tgan uchrashuvda o‘rtoqlashdi.

Foto: Reuters

Lukashenkoning ta'kidlashicha, u biror davlat oliygohida rektor bo‘lib ishlashga rozi bo‘lardi.

“Prezident lavozimidan ketgach nima bilan shug‘ullangan bo‘lardim: biror-bir oliygohda rektor bo‘lardim... Biroq o‘zingni o‘zing biror lavozimga tayinlay olmaysan. Ammo o‘qituvchilik menga yaqinroq”, deb aytgan Lukashenko.

Uchrashuvda akademiyaning talabalari, magistrantlari, aspirantlari va o‘qituvchilari ishtirok etishgan. Lukashenko ular bilan 4 soat muloqot qilganiga qaramay aslo charchamaganini aytgan.

“Bu shijoat va muloqotimiz – men uchun muhimdir. Rostini aytsam, men charchamadim ham. Menga yoshlarimiz bilan suhbatlashish qiziqdir. Men ikki oyda bir marta talabalar bilan birga uchrashaman, auditoriyalarda bo‘laman”, deb va'da qilgan Belarus prezidenti.

Uning fikricha, yoshlar – kelajakdir, ammo talabalar har qanday davlatning asosi hisoblanadi, aynan ular “davlatning qiyofasini belgilaydi”.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top