11:14 / 19.10.2019
0
5340
Yangi energetika: Buyuk Britaniya shamol yo‘lida ko‘mir, neft va gazdan voz kechmoqda

Buyuk Britaniya asosiy e'tiborni shamol energiyasiga qaratdi va adashmadi. Dengiz ichida va quruqlikda shamol elektr stansiyalari hasad qilarli tarzda ko‘paymoqda.

Foto: TravelAsk

So‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida Buyuk Britaniya qayta tiklanmaydigan manbalardan olinadigan elektr energiyasining ulushini qisqartirish tomonga ishonch bilan harakat qilmoqda.

Ko‘mir konlari va issiqlikning ana shu turida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari hamma joyda yopilmoqda. 2025 yilga borib, mamlakatda ulardan so‘nggilarini yopish rejalashtirilgan. Mamlakat atmosferaga chiqariluvchi issiqlik gazlari chiqindilarini qisqartirib, o‘zini toza yashil energiya bilan ta'minlashga intilmoqda, deb yozadi Travelask.ru.

Britaniya energetika sohasi vakillarining navbatdagi hisobotida Buyuk Britaniya uchun o‘ta muhim hodisa tilga olingan. Joriy yilning uchinchi choragi davomida mamlakat o‘z tarixida ilk marta an'anaviy manbalarga qaraganda tiklanuvchi manbalardan ko‘proq elektr energiyasini ishlab chiqargan. Bu Buyuk Britaniya energetikasi rivojlanishning yangi bosqichiga hali chiqmagan bo‘lsa-da, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning bari intiladigan faoliyatning progressiv modeliga juda yaqin ekanini anglatadi.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki oy ichida mamlakat jami elektr energiyasining 40 foizi muqobil manbalardan olingan. Qazib olinuvchi yoqilg‘i ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 39 foizi uchun yoqilgan. Tadqiqotchilar 10 yil avval bu ko‘rsatkich qariyb 80 foizni tashkil etganini qayd etishmoqda. Qolgan 21 foizi AESlardan olingan va atom energetikasi Britaniya hisobotlarida na unisiga, na bunisiga kiritiladi.

Mamlakat uchun atrof-muhitga zarar keltirmaydigan energiyaning asosiy manbalari shamol, quyosh energiyasi, gidrotexnik qurilmalar energiyasi, shuningdek, o‘simlik xom-ashyosini yoqishdan olinadigan bioenergiyasi sanaladi. Garchi o‘simliklar tiklanuvchi resurs sanalsa ham, britaniyalik ekspertlar uni butunlay yashil energetika qatoriga kiritishmaydi.

Buyuk Britaniya asosiy e'tiborni shamol energiyasiga qaratdi va adashmadi. Dengiz ichida va quruqlikda shamol elektr stansiyalari hasad qilarli tarzda ko‘paymoqda. Ularni o‘rnatish narxi esa asta-sekin pasaymoqda. Bu hukumatga yaqin kelajakda energiyaning katta qismini shamoldan olish imkonini beradi. Narxning tushishi shamol elektr stansiyalari yanada ko‘proq qurishga sabab bo‘ladi. Bu kabi qurilmalarning katta miqdori mamlakat shimoli Shotlandiya hududidagi dengizda hamda uning qirg‘oqlarida joylashgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top