00:49 / 20.10.2019
0
7492
70 yoshli amerikalik 34 daqiqa ichida ming marta press mashqini bajarib rekord o‘rnatdi

Viskonsin shtatida yashovchi 70 yoshli Maks Dryu o‘z tug‘ilgan kunida press mashqini bajarish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

U 34 daqiqayu 18 soniya ichida qatorasiga ming marta press mashqini bajardi. Bu haqda NBC News telekanali xabar berdi.

Dryu rekord o‘rnatganidan so‘ng bu muvaffaqiyatini nishonlashini aytdi. U oila a'zolari va do‘stlari bilan pitssa yeydigan bo‘ldi.

NBC News rekord qaysi yo‘nalishda o‘rnatilganiga aniqlik kiritmagan. Saxonia rekordlar klubining ma'lumotiga ko‘ra, 2009 yilda kaliforniyalik erkak 30 daqiqa ichida 1337 marta press mashqini bajargan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top