02:01 / 20.10.2019
0
15023
La Liga. «Real» bir kishi kam o‘ynab yengildi va «Barselona» 1-o‘rinda qoldi

La Liga 9-turining yana bir o‘yini yakunlandi. Palma de Malorkadagi «Iberostar» stadionida mehmon bo‘lgan «Real» mahalliy «Malorka»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Foto: Reuters

La Liga joriy mavsumida ilk marta mag‘lubiyatga uchragan «Real» yetakchilikni «Barselona»ga boy berdi. O‘yin davomida «Real» bir kishi kam bo‘lib qolganini ham ta'kidlash kerak.

La Liga. 9-tur

Malorka – Real Madrid 1:0

Gol: Lago Junior (7).
Malorka: Reyna, Games, Railo, Sastre (Lumor, 46), Valent, Dani Rodriges, Baba, Sevilya, Febas (Kubo, 59), Lago Djunior (Traykovski, 81), Budimir.
Real Madrid: Kurtua, Odriosola, Ramos, Militao, Marselo, Isko (Rodrigo, 66), Xames, Kazemiro, Vinisius Junior (Braim Dias, 81), Yovich (Valverde, 66), Benzema.
Chetlatish: Odriosola (74).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top