23:00 / 20.10.2019
0
8140
Pensioner politsiyaga 3 kun davomida qo‘ng‘iroq qilib, ularni qo‘shiqlari bilan bezor qildi

Britaniyalik pensioner politsiyachilarni marhum qo‘shiqchi Fil Kollinzning qo‘shiqlari bilan bezor qildi.

U politsiyaga 3 kun davomida kuniga 17 marta qo‘ng‘iroq qilgan. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi. 

62 yoshli Entoni Xolms politsiyaga mast holda qo‘ng‘iroq qilgan. Politsiyachilar mashhur qo‘shiqchining qo‘shiqlarini 36 marta eshitishlariga to‘g‘ri kelgan.

Ular uch kunlik “konsert”ga dosh berolmay, oxiri pensionerning uyiga kelishgan. Politsiyani mast holdagi Xolms kutib olgan. Ta'kidlanishicha, erkak yaqinda birga yashagan ayoli bilan orani ochiq qilgan. Shu sababli u ichkilikbozlik qilib, mayus kuylar ijro etgan. U o‘z “ijodi”ning tinglovchilari sifatida politsiyani tanlagan.

Erkakning spirtlik ichimliklarga ruju qo‘yishi uzoq davom etmagan. U hozirda muammosini hal qilishning turli usullarini izlamoqda.

Sudya Jyerald Xuton Xolmsga politsiyachilar bekorchi emasliklari va bunday qo‘ng‘iroqlarni qabul qila olmasliklarini eslatib qo‘ygan. Erkak sudda aybini tan olgan. Sudya “qo‘shiqchi”ga shartli jazo muddati tayinlab, 85 funt sterling jarima to‘lashni buyurgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top