00:58 / 20.10.2019
0
29420

«Uning harakatlarini o‘rganib chiqdik» - Semak Shomurodovni qanday to‘xtatishganini aytdi

Rossiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan «Zenit» - «Rostov» (6:1) o‘yinidan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatnashgan «Zenit» murabbiyi Sergey Semak jamoa himoyachilari «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovni qanday to‘xtatib qolganini aytdi.

Foto: Zenit

«Shomurodov darvoza tomon birorta zarba yo‘llamadi? Biz uning o‘yin uslubini o‘rganib chiqdik. Himoyachilarimizni ajoyib o‘yin bilan tabriklayman. Albatta, birorta gol o‘tkazib yubormaslik ajoyib bo‘lardi, lekin bugungi o‘yin uchun xursand bo‘lishimiz mumkin. Eldor haqida gapiradigan bo‘lsam, yana takrorlayman, u ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda»,— dedi Semak o‘yindan so‘ng.

RPL 13-turi doirasidagi «Zenit» — «Rostov» o‘yinida peterburgliklar 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Eldor Shomurodov esa 77-daqiqada zaxiraga olindi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top