22:03 / 20.10.2019
0
13494
Zelenskiy tayinlagan gubernatorlar orasida birinchi iste'fo ro‘y berdi

Ukrainaning Kiyev viloyati gubernatori Mixail Bno-Ayriyan iste'foga chiqishga ariza berdi.

Mixail Bno-Ayriyan

Bu haqda uning o‘zi Facebook’da ma'lum qildi.

Bno-Ayriyan ijtimoiy tarmoqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy nomiga yozilgan arizaning suratini ilova qilgan. U iste'foga chiqishi sabablarini ma'lum qilmagan, biroq iste'fosini yozuvchi Ivan Bagryanoyning “Getsiman bog‘i” romani qahramoni Andrey Chumakka tegishli so‘zlar bilan izohlagan.

“Tiz cho‘kib emaklab, ikki marta – ham ma'nan, ham jismonan o‘lgandan ko‘ra, bir marta mag‘rurona, sinmagan qalb bilan o‘lgan yaxshi. Biroq ikkinchi variantda umuman o‘lmaslik imkoni bor”, deb yozgan gubernator.

Zelenskiy Bno-Ayriyanni Kiyev viloyati gubernatori etib tayinlanishi haqidagi farmonni joriy iyulda imzolagan. 19 oktyabrda u Facebook’dagi sahifasida o‘z lavozimida 100 kundan beri ishlayotganini yozgandi. “Men ishongandim va ehtimol hozir ham ishonaman, mamlakatda o‘zgarishlarning imkoni yo‘q. Asosiysi – buni istash”, deb ta'kidlab o‘tgan gubernator. 

Bno-Ayriyan Zelenskiy tayinlagan gubernatorlardan iste'foga chiqqan birinchisi bo‘ldi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top