13:47 / 21.10.2019
0
8562
FVV matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi 
Foto: FVV matbuot xizmati

Katta leytenant Murod G‘aniyevich Sodiqov favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Murod Sodiqov 1984 yilda Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyatida tug‘ilgan. 2005-2009 yillarda O‘zbekiston Davlat san'at institutida o‘qigan. 2004 yildan 2019 yilgacha O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi telekanallarida turli lavozimlarda ishlagan.

M.Sodiqov oxirgi ikki yil davomida “O‘zbekiston 24” telekanalida teleboshlovchi va siyosiy sharhlovchi sifatida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida vazirlik matbuot xizmati boshlig‘i sanaladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top