15:45 / 21.10.2019
2
28714
Nazarboyevning vakolatlari kengaytirildi. U kadrlar siyosati ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘ldi

Qozog‘istonda bundan buyon tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa vazirlaridan tashqari boshqa vazirlar va yuqori organlar rahbarlarini tayinlash Nursulton Nazarboyev bilan kelishilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlat hokimiyati organlari tizimida kadrlar siyosati sohasidagi vakolatlarini kengaytiruvchi farmonni imzoladi.  

Farmonga muvofiq, TIV, IIV va mudofaa vazirlaridan tashqari boshqa vazirlarni tayinlash Nursulton Nazarboyev bilan kelishilganidan so‘ng tayinlanadi. 

Bundan tashqari, bevosita Qozog‘iston prezidentiga bo‘ysunuvchi va hisob beruvchi organlar rahbarlari ham Nazarboyev bilan kelishilganidan keyingina tayinlanadi.

Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi va hisob beruvchi organlarga prezident ma'muriyati, bosh prokuratura, milliy xavfsizlik qo‘mitasi, davlat xizmatlari ishlari bo‘yicha va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, milliy bank, respublika gvardiyasi, tashqi razvedka xizmati, prezidentni qo‘riqlash xizmati, respublika budjeti ijro etilishini nazorat qiluvchi hisob qo‘mitasi, prezident ishlari boshqarmasi, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi kiradi.

Shu bilan birga, viloyatlar, respublika ahamiyatiga shaharlar va poytaxt hokimlari ham birinchi prezident bilan kelishuv asosida tayinlanishi lozim.

Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan Nazarboyev shu yilning martida prezidentlik vakolatlarini topshirgandi. U xavfsizlik kengashi va Nur Otan partiyasi rahbariligini o‘zida qoldirdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top