14:40 / 21.10.2019
0
7092
Oltinko‘llik murg‘ak Ismoiljonning ahvoli og‘ir. Ko‘magingiz kerak

Ota-onalar uchun o‘z farzandining sog‘lom unib-o‘sishi, kamolini ko‘rishdan ortiqroq baxt yo‘q. Farzandning betobligi butun oilaga besaranjomlik keltiradi. Halovat yo‘qoladi

Andijon viloyat Oltinko‘l tumani, Maslahat qishlog‘ida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Isroilovlar oilasida 2017 yil tug‘ilgan 2 yoshli Ismoiljonning ota-onasi ko‘p bora murojaat qilib, xayriya aksiyasi tashkil etib berishimizni iltimos qilishdi.

Bolaning holati yaxshi emas. Unga qo‘yilgan birlamchi tashxis – yurak yetishmovchiligi (porok serdsa).

Maslahat qishlog‘idagi, Tinchlik ko‘chasi 41 uyda bo‘lganimizda oilaning yashash sharoiti haqiqatda og‘ir ahvolda ekanligiga guvoh bo‘ldik. Olti sotix hovli, uch xonali uyda ikkita oila yashar ekan. 

Ergashali va Gulnoraxon Isroilovlar uch nafar farzandni tarbiyalashmoqda. Bir qiz, ikki o‘g‘il. Qizi Gulzoda 13 yoshda, ikkinchi farzndlari Omadbek 8 yosh.

“Ismoiljon tug‘ilganidan keyin juda ko‘p holsizlanar, labini ikki chekkasi ko‘karib qolar, tinmay entikib, tana harorati ko‘tarilardi. Hech kasaldan boshimiz chiqmadi. Olti oyligida Oltinko‘l tuman poliklinikasidagi vrachlar ko‘rib, “Bolani yuragi “porok”ga o‘xshayapti. Viloyatga olib boring” deyishdi. Viloyat bolalar shifoxonasi kardiolog mutaxassislari Ismoiljonda “yurak yetishmovchiligi”ni aniqlashdi. Bolamni yuragida teshik bor ekan. Davolanmasa, ikkita teshik bo‘lishi ehtimoli katta. Juda ko‘p shifoxonada davolandi. Toshkentga pediatriya klinikasiga olib bordik. Operatsiya qilinishini aytishdi. Erim yaqinda operatsiyadan chiqqan. O‘zi traktorchi. Vaqtincha ishsiz. Men ham tinimsiz bemor bolamga qaraganim uchun hech qayerda ishlamayman. Dori-darmon uchun oyiga 1 milliondan ziyod mablag‘ zarur bo‘lyapti. Yana ikki farzandimiz bor. Ularning kiyim-kechagi, ro‘zg‘orga yetkaza olmayapmiz. Ismoiljonni kuz oylarida jarrohlik stoliga yotqizishimiz zarur. 

Bolamizni operatsiyasi uchun ketadigan 30 million so‘m mablag‘ biz uchun juda katta pul. Qo‘limiz kaltalik qilyapti. Ismoiljonga qarab, har kuni ezilamiz. Unib-o‘sib, yugurib yurishini orzusida yashayapman. Yaxshi insonlar ahvolimizni tushunib, ko‘mak berishlarini iltimos qilardim. Bizdan qaytmasa, Yaratgandan qaytsin. O‘tinchim bitta – yaxshi kishilardan yordam olib, bolamni operatsiya qildirish”, deydi bemor bolaning onasi Gulnoraxon Isroilova.

KUN.UZ saytida e'lon qilinayotgan xayriya aksiyalari tufayli ehsonli, savobtalab kishilar yordami bilan ko‘plab bemorlar shifo topyapti. Bu safar murg‘ak go‘dak Ismoiljon Isroilovning operatsiyasi uchun xayriyaga qo‘l urdik.

Ehsonli kishilar ushbu maqolamizni bee'tibor qoldirmaydilar, degan umiddamiz.  

Bemor Ismoiljonning dadasi Isroilov Ergashbek nomiga ochilgan plastik karta:

Click/PayMe: 8600 0417 7120 5771 (Agrobank)

MFO: 00049 INN: 200255334

Naqd pul topshirganda: 23116000600000049001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000800000049500

Telefon raqami: (93) 418 33 34

Elmurod Ermatov tayyorladi

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top