17:10 / 22.10.2019
0
2496

Abdulaziz Komilov Daniya elchisini qabul qildi 

Foto: TIV axborot xizmati

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

22 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Daniya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Karsten Sendergordni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, vazir elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shu nuqtai nazardan keng kun tartibi ko‘rib chiqiladigan ravishda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish zarurligi qayd etildi. Ta'kidlanganidek, mazkur tadbir istiqbollarini aniqlash va ularga e'tibor qaratishga imkon beradi.

Uchrashuvda bo‘lajak O‘zbekiston-Daniya tadbirlari jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top