18:55 / 22.10.2019
1
17261
Cherchesov: «Bir muxlis nega Shomurodovni milliy jamoaga chaqirmaysan, deb to‘polon qildi»

Rossiya milliy jamoasi murabbiyi Stanislav Cherchesov o‘zi bilan bog‘liq qiziq voqeani aytib berdi. «Sport ekspress» nashriga bergan intervyusida aytishicha, Cherchesovga bir muxlis qo‘ng‘iroq qilib nega Eldor Shomurodovni milliy jamoaga chaqirmaysan, deb aytgan.

«Bir muxlis qayerdandir raqamimni topib, qo‘ng‘iroq qildi. U uzoq monolog so‘zladi: «Sen unaqa, sen bunaqa, haqiqiy talantlarni ko‘rmaysan, chempionat to‘purari bo‘lib turgan Shomurodovni jarohatlangan Smolov o‘rniga chaqirsang bo‘lardi-ku», dedi. Men esa siz to‘g‘ri gapiryapsiz, lekin O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisini Rossiya milliy jamoasiga chaqira olmayman deb aytdim.

Afsuski, suhbatdoshimning yuzini ko‘ra olmadim, lekin u xuddi grossmeysterlarga o‘xshab pauza saqladi. Hazil o‘z yo‘liga, lekin ehtiros ba'zan aqlni chetga surib qo‘yishi bor gap»,— deb Cherchesovning so‘zlarini keltirmoqda «Sport ekspress».

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top