01:25 / 22.10.2019
0
15635
Chexiya kontrrazvedkasi Rossiya josuslik tarmog‘ini fosh etganini ma'lum qildi

Ma'lum qilinishicha, josuslik tarmog‘ini Rossiya razvedka xizmati bilan aloqador hamda Rossiya va uning elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan shaxslar tashkil etishgan.  

Foto: Reuters

Chexiya xavfsizlik va axborot xizmati (BIS) boshlig‘i Mixail Koudelka uning idorasi va Chexiya politsiyasi Rossiyaning Pragadagi elchixonasi orqali faoliyat ko‘rsatgan josuslik tarmog‘ini fosh etganini ma'lum qildi.

"Ushbu tarmoq butunlay yo‘q qilindi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi OAV. 

BIS rahbarining so‘zlariga ko‘ra, josuslik tarmog‘ini "Rossiya razvedka xizmati bilan aloqador hamda Rossiya va uning elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan shaxslar tashkil etishgan".

Koudelkaning ta'kidlashicha, tarmoq a'zolari Chexiya va boshqa davlatlardagi nishonlarga internet orqali hujum qilishni rejalashtirgan. U shuningdek, mazkur tarmoq Rossiya Yevropaning boshqa davlatlarida tashkil qilgan yirik tarmoqning bir qismi bo‘lganini aytdi. 

2018 yil dekabrda BIS o‘z hisobotida Rossiya va Xitoy 2017 yilda Chexiya hududda razvedka faoliyatini kuchaytirganini ma'lum qilgandi.  

Chexiyalik tahlilchilarning fikricha, Rossiyaning maqsadi NATO va YeIni ularning a'zolarini kuchsizlantirish orqali parchalab tashlashdir. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top