15:15 / 22.10.2019
0
4227
Deputatlar hukumat a'zolariga parlament so‘rovini yuborishga qaror qildi
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 22 oktyabrda bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilish barobarida o‘z vakolatlaridan foydalanib, boshqa dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Qonunchilik palatasi xabariga ko‘ra, majlisda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga «O‘zbekiston Respublikasida onkologik bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, xususan mintaqalararo «xospis»larni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborishga qaror qildilar.

Shuningdek, parlament a'zolarining taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga «Aholini ish bilan ta'minlash doirasida mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning chet ellarda mehnat qilishiga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida vazirlik tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi parlament so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top