16:36 / 22.10.2019
9263
Epsilon «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda Sho‘rtandagi avariyaviy va past debitli quduqlarni tiklashga kirishdi

22 oktyabr kuni GRP ishlari o‘tkazilgach: Ruboiy-11 qudug‘ida, kunlik hajmi 15 tn.gacha bo‘lgan neft oqimi olindi; Yangi Qoratepa-22 qudug‘ida neftning kunlik debiti 1 tn.dan 6 tn.gacha ortdi, quduqdagi gazning kunlik debitini esa 10 mingdan 50 ming kub.m.gacha oshishiga erishildi.

20 oktabr 2019 y. Yangi Qoratepa konining 22-sonli, shuningdek, 21 oktabr kuni Ruboiy konining 11-sonli quduqlarida GRP ishlari olib borildi.

Epsilon kompaniyasi o‘zining ish jarayonida sanoat xavfsizligi, mehnat hamda atrof-muhitni muhofaza etishning yuqori standartlariga amal qilib kelmoqda. Tegishli ishlar yakunlangach, quduqlarga tutash hududlardagi tuproq keyinchalik qayta ishlash uchun maxsus temir konteynerlarga yig‘iladi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Top