13:50 / 22.10.2019
0
5924
«Hududgazta'minot» AJ boshqaruv raisiga matbuot kotibi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining xulosasiga binoan «Hududgazta'minot» AJ matbuot kotibi, boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Mehribon Raufovna Mametova tayinlandi.

Mehribon Mametova (1986 yilda tug‘ilgan) 2012 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan, jurnalistika bo‘yicha magistr akademik darajasiga ega.

2006 yildan 2016 yilgacha O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida, 2016-2018 yillarda «Neft va gaz» ilmiy-texnik jurnali direktori, shuningdek, 2017 yildan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» teleradiokanali «Axborot» dasturi tahririyatida muharrir lavozimida ishlab kelgan.

Mehribon Mametova 2011 yilda «Yilning eng yaxshi jurnalisti-2010» respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi, 2013 yilda esa VIII «Oltin qalam» Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning «Internet - jurnalistikasi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olibi hisoblanadi.

Hozirda Mehribon Mametova Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Gaz ta'minoti muammolari va ularni hal qilish yo‘llari» ochiq guruhining administratori ham hisoblanadi. «Hududgazta'minot» AJning matbuot kotibi, boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan 71 281-15-68 yoki 71 281-15-67 (ichki 232) raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanish mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top