18:37 / 22.10.2019
0
6952
Jahon banki Yevropaga turkman gazini yetkazib berishni muhokama qilmoqchi
Foto: STR / AFP

Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi va qazib olingan gazning asosiy qismini Xitoyga yetkazib beradi.

Jahon banki Turkmanistondan Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berishni muhokama qilishga tayyor. Bu haqda Jahon bankining neft va gaz bo‘yicha bosh eksperti Aleksandr Xuurdeman ma'lum qildi.

Uning qayd etishicha, Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi va qazib olingan gazning asosiy qismini Xitoyga yetkazib beradi.

Xuurdemanning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Rossiyaga turkman gazini yetkazib berish qayta tiklandi, ammo uning hajmi judayam kam.

Ekspertning ta'kidlashicha, Yevropaga turkman gazini yetkazib berish masalasi ko‘p marta muhokama qilingan, ammo hech qachon amalga oshmagan.

"Biz Turkmaniston tomoni bilan Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish masalasini muhokama qilishga tayyormiz", - dedi Jahon banki eksperti.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top