10:20 / 22.10.2019
0
53304
Klinton Trampni mazax qildi: u Kennedi nomidan Xrushchyovga xat yozdi
Donald Tramp va Hillari Klinton/Foto: AFP

AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Twitter’da Qo‘shma Shtatlar prezidentining ustidan kuldi. U buning uchun Donald Trampning Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga juda erkin shaklda va sodda tilda yozilgan xatini asos qilib oldi. Avvalroq maktub Amerika OAV tomonidan e'lon qilingandi.

O‘z maktubida Tramp hamkasbidan qaysarlik qilmaslikni hamda tarixga yaramas shaxs sifatida kirib qolmaslikni so‘ragan. Oxirida u qo‘ng‘iroq qilishga va'da bergan.

Klinton ham shunga o‘xshash maktub tayyorladi. Qayd etilishicha, uni Karib inqirozi paytida AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi Nikita Xrushchyovga Kubadan sovetlar raketalarini olib tashlash haqida so‘rab yozishi mumkin edi. Klinton pichinglardan tiyilmagan hamda Kennedining maktubini Tramp uslubida tugatgan - «Keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman».

«Hamma: «Ura! Xrushchyov! Siz eng zo‘rsiz!» deydi» - deb yozilgan maktubda. Kennedi xuddi keyinchalik aksariyat odamlar Xrushchyov haqida yomon so‘zlarni ishlatishi, SSSR esa haqoratli nomga ega bo‘lishi bilan qo‘rqitayotganga o‘xshaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya harbiylari Suriya hududiga kirgan kun – 9 oktyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp turklar yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ogohlantirish xati yo‘llagani ma'lum bo‘ldi. Maktubda Tramp Erdo‘g‘anga «qaysarlik qilmaslik va ahmoq bo‘lmaslik»ni maslahat bergan.

Rasmiy xatda diplomatik mulozamat va yumshoq jumlalar deyarli uchramaydi. Ma'lum bo‘lishicha, Turkiya prezidenti amerikalik hamkasbining noodatiy tarzda qo‘pollik bilan bitgan rasmiy maktubini chiqindi qutisiga uloqtirgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top