20:48 / 22.10.2019
0
6298

O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar o‘ntaligidan joy oldi

“Mastercard” moliya tashkiloti va “CrescentRating” agentligi tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi.

17 oktabr kuni Singapurda o‘tkazilgan “Halal in Travel Asia” sammiti doirasida e'lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a'zo mamlakatlar orasida xavfsizlik va diniy bag‘rikenglik bo‘yicha yuqori o‘rinni egallagan mamlakatlar o‘ntaligidan joy olgan.

Qatar, Ummon, Bruney, Turkiya, BAA, Kuvayt va Maldiv davlatlari ro‘yxatning yuqori o‘rinlarini egallagan. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatning sakkizinchi o‘rnidan joy olgan bo‘lsa, Indoneziya va Malayziya undan keyingi o‘rinlarda joylashdi.

“Muslim Women in Travel 2019” hisoboti musulmon ayollar sayohatiga oid jahon miqyosidagi ilk tadqiqot bo‘lib, unda asosan Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan 3300 nafar musulmon ayol ishtirok etgan.

Hisobotga ko‘ra, musulmon ayollar sayohati jahon turizm bozorida eng tezkor rivojlanayotgan segmentlardan hisoblanadi. Musulmon o‘lkalardagi ayollarning daromadlari oshib borayotgani va ularning ta'lim darajasi yuqorilayotganligi ularni sayohatga chiqishga undamoqda, deyiladi hisobotda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top