09:11 / 22.10.2019
2
17813

TDYuUda maxsus sirtqi ta'lim shakli ochilishi mumkin

Foto: KUN.UZ

Toshkent davlat yuridik universitetida maxsus sirtqi ta'lim shakli ochilishi mumkin. Bu haqdagi tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda viloyatlarda yuridik sohada o‘qigan o‘rta maxsus ma'lumotli kadrlar juda ko‘p. Ularda amaliyot yetarlicha bo‘lsa-da, lekin ma'lumoti oliy emas. 

“Shularni hisobga olib, Toshkent davlat yuridik universitetida maxsus sirtqi ta'lim shaklini ochish kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Bildirilishicha, unga yurisprudensiya sohasida 5 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni suhbat asosida qabul qilish amaliyotini joriy etish kerak.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Toshkent davlat yuridik universitetida maxsus sirtqi ta'lim shaklini ochishni taklif qilamiz”, - deya yakunlangan petitsiya.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top