09:18 / 22.10.2019
0
23448

Tramp Turkiyaga qarshi kuch qo‘llashga tayyorligi ma'lum qilindi - OAV

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp muammolarni kuch bilan hal qilish tarafdori emas, biroq zarurat tug‘ilsa, Turkiyaning Suriyadagi harakatlariga javoban kuch qo‘llashga tayyor. Bu haqda AQSh davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo aytib o‘tdi. 

“Biz urushdan ko‘ra tinchlikni ma'qul ko‘ramiz. Biroq bizdan harakatlar, hattoki harbiy harakatlar talab etilsa, unda bilingki, prezident Tramp bunga to‘liq tayyor”, deb aytgan AQSh davlat kotibi CNBC telekanaliga intervyusida.  

Telekanalning ta'kidlashicha, Pompeo aynan Turkiyaga qarshi harakatlar haqida gapirgan.

Shu bilan birga, Pompeo AQSh boshqa mamlakatlarga bosim o‘tkazishda iqtisodiy yoki diplomatik dastaklardan foydalanishni ma'qul ko‘rishini aytgan. 

Mavzu
Turkiya va kurdlar
Turkiya 9 oktabr kuni Suriya shimolidagi kurdlarga qarshi quruqlikdagi harbiy kampaniya boshladi. «Tinchlik bulog‘i» nomli amaliyotdan maqsad - Turkiya chegaralari yaqinida terrorchilar uchun yo‘lak qoldirmaslik hisoblanadi
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top