08:08 / 23.10.2019
0
12151

Dunyo banklarining yarmidan ko‘pi bankrotga uchrashi mumkinligi ma'lum qilindi  

Foto: Shutterstock

Jahon bank sohasi iqtisodiy siklning so‘nggi bosqichiga kirdi, kreditlash va tushum hajmi o‘sishi sekinlashmoqda, dunyoning 60 foizdan ko‘proq banki o‘z qiymatini barbod qilmoqda. Bu haqda xalqaro konsalting kompaniyasi McKinsey’ning “Oxirgi pit-stop? Dadil qadamlar uchun fursat” deb nomlangan dokladida aytilgan.

“Ehtimol, banklar o‘z biznes-modellarini qayta ko‘rib chiqishi uchun ushbu sikldagi oxirgi pit-stop bo‘lishi mumkin. Topqirroq banklar keyingi siklning yetakchilariga aylanishi mumkin. Boshqalari esa tarix bo‘lib qolishi xavfi mavjud”, deyilgan dokladda.

Mutaxassislar dunyo banklarining 35 foizi biznes-modellari mukammalmasligi, kapital yetishmasligi va nobop bozorlarda ishlashdan muammolar his qilishini ta'kidlab o‘tishgan. Ekspertlarning fikricha, banklar transformatsiyalashuv vaqtida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ularning kuchliroq raqobatchiga sotilishi omon qolishning yagona yo‘li bo‘lishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top