13:45 / 23.10.2019
0
3194
Shayxontohur tumani prokurori tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Shayxontohur tuman prokurori tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. 2019 yil 16 oktabr kuni “Xadra” mahallasi 2-sektor shtabining hovlisida o‘tkazilgan sayyor qabulda barcha mutasaddi idoralar rahbarlari, xalq qabulxonasi mudiri, IIB boshliqlari qatnashdi. 

Sayyor qabulda jami 44 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, 21 nafar fuqaroning murojaatlari joyida mutasaddi idoralar hamkorligida hal qilindi va kerakli tavsiyalar berildi, shuningdek 9 nafar fuqaroning tuman prokuroriga yo‘llagan murojaati ma'lum bir muddatni talab qilganligi va murakkabligini inobatga olib ulardan tegishli arizalar olinib, hozirda murojaatlar boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur sayyor qabulda sektor rahbari tashabbusi bilan 6 nafar fuqaroga turli xil tibbiyot muassasalariga tegishli yo‘llanma, shuningdek, 4 nafar fuqaroning farzandlarini maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish uchun yo‘llanmalar olib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Xususan, 1947 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.Pirmuhamedovga 3-sonli shahar klinik shifoxonasiga kasalligi bo‘yicha tegishli yo‘llanma olib berildi.

Shuningdek, sayyor qabulda 4 nafar fuqaroga Shayxontohur tumanida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik sub'yektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Masalan, Shayxontohur tumani davlat xizmatlar markazida “Tashkent Makwool” MChJ xorijiy korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi.

2-sektor hududida 5 ta oila uy-joy bilan ta'minlandi, 12 ta oila esa ro‘yxatga kiritildi, 2 ta oilaning avariya holatidagi uy-joyi qaytadan ko‘rib berildi.

Shuningdek, homiylar hamda mutasaddi idoralarni jalb qilgan holda 6 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqaroga eshitish moslamasi, 32 nafar fuqaroga dori-darmonlar ajratilishi ta'minlangan. 264 nafar fuqarolarga davolanish uchun tibbiy order olinishida amaliy yordam ko‘rsatilgan. 78 nafar oilalarga esa jami 27.000.000 so‘m moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top