19:57 / 24.10.2019
0
12159

AQShda haydovchi yonayotgan Tesla avtomobilidan chiqolmay halok bo‘ldi

Unga yordam bermoqchi bo‘lganlar mashina eshiklarining tashqi tomonida tutqichlar yo‘qligi sababli eshiklarni ocha olishmagan.

Janubiy Karolinada qutqaruvchilar yonayotgan Tesla avtomobilining eshiklarini ocha olishmagani oqibatida uning ichida qolgan egasi halok bo‘ldi. Bu haqda Washington Post xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Umar Avan ismli kishi avtomobil boshqaruvini yo‘qotib daraxtga urilgan. Oqibatda mashinaning litiy-ionli batareyasi yonib ketib, salonni olov va tutun qoplagan. 

Unga yordam bermoqchi bo‘lganlar mashina eshiklarining tashqi tomonida tutqichlar yo‘qligi sababli eshiklarni ocha olishmagan. Avan halok bo‘lgan.

Avval ham Tesla avtomobillarining batareyalari yonib ketishi holatlari sodir bo‘lgandi. Shu yilning aprelida Shanxayda Tesla avtomobilidan avvaliga tutun chiqib, so‘ngra portlab ketgandi.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top