12:27 / 24.10.2019
0
4493
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi
Nurbek Salomov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Nurbek Normurodovich Salomov Qo‘mita raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.  

Nurbek Salomov O‘zbekiston milliy universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.

Mutaxassisligi bo‘yicha - xalqaro jurnalist; Siyosatshunoslik: tizimli tahlil va istiqbolni belgilash

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top