11:49 / 24.10.2019
15479
Reklama

Oliy sifatli mebel kerakmi: Weltew home brendi endi O‘zbekistonda

Turkiya bo‘ylab 460ta savdo nuqtasi, 130ta Show-room. Jahonning 42 mamlakatida 139ta savdo nuqtasi. Turkiyaning eng nomdor mebel brendlaridan biri endi O‘zbekistonda.

Inson hayotida unutilmas yorqin lahzalar juda ko‘p. Biroq yoshlarning to‘y tantanasi ota-ona va farzandlar, oila yaqinlari hayotidagi eng yorqin lahza desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Weltew home savdo va ko‘rgazmalar uyidan to‘y yoki yangi xonadoningiz, uyingiz uchun mebel xarid qilish ham hayotingizdagi unutilmas, yodda qoladigan onlarni tuhfa etadi.

Mehmonxona, oshxona, bolalar xonasi, yotoqxona uchun ham zamonaviy dizaynda, yangi texnologiyalar vositasida ishlab chiqilgan sifatli mebellar to‘plami kerakmi? Shu bilan birga hamyonbop, nafislik ila hashamat, dabdaba uyg‘unlashib ketgan mebel to‘plamlari qidirayotgan bo‘lsangiz, Weltew home ko‘rgazma zali aynan siz qidirayotgan manzil bo‘lishi mumkin.

Weltew home Turkiyaning Inegol tumanidagi mebel kompaniyalari orasida yetakchisi hisoblanib, uning ishlab chiqarish majmuasi 90 ming kv.m. maydonda joylashgan. Bu yerda yuqori texnologiyali maxsus texnika parklari ham mavjud bo‘lib, 400dan ortiq malakali mutaxassis ishlaydi.

Kompaniya mahsulotlari TUVRheinland GS sertifikatiga ega. Ishlab chiqarish jarayoniga 12 yildirki ISO 9001 sifat menejmenti talablarini joriy qilgan

Weltew home o‘z sohasida yetakchi brend hisoblanadi. Weltew home 1996 yildan buyon eng yangi innovatsiyalar, talablar va xaridorlarning didiga muvofiq mebel ishlab chiqaradi.

Turkiyaning Weltew home mebel ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi endi O‘zbekistonda. 21 oktabr kuni azim Toshkentning eng serqatnov ko‘chalaridan biri – Usmon Nosir ko‘chasida Weltew home mebel ko‘rgazmalar uyi va savdo nuqtasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kuy-qo‘shiqlar yangragan tadbirda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan qardosh turk tadbirkorlari ham ishtirok etdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Weltew home kompaniyasi direktorlar Kengashi raisi, Mustafo Bolchi, Abdulla Yovuz To‘rker, Saroy Invest qurilish kompaniyasi rahbari Behzod Tojiyev, Sharq mebel Dekor Nuriddin Yoqubovlar ushbu mebellar markazi ham o‘zbek-turk hamkorligining amaliy namunasi ekanini ta'kidlashar ekan, O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shib, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hissa qo‘shishlarini ta'kidlashdi.

Weltew home: asosiy qoidasi tijorat axloqi, ishonch va obro‘dir. 

Weltew home: Sizning ishonchingiz - bizning obro‘yimiz.

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi 75-uy

Ish vaqti: 9:00-20:00

📞 +99898 302 5055

📞 +99898 101 1001

📞 +99895 197 0002

👉 instagram.com/weltewhomeuz

👉 fb.com/weltewuz

👉 https://t.me/weltewhomeuz

Reklama huquqi asosida

Top