00:45 / 24.10.2019
0
4225
Saudiya Arabistonida yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi 

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud farmoniga ko‘ra, podshohlikning tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Assaf o‘z lavozimidan ozod etilib, davlat vaziri va vazirlar kengashi a'zosi lavozimlariga tayinlandi. Bu haqda SPA axborot agentligi xabar berdi. 

Foto: RIA "Novosti"

Podshohning yana bir farmoni bilan al-Assaf o‘rniga shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. 

Al-Assaf tashqi ishlar vaziri lavozimini 2018 yil 27 dekabrdan beri egallab kelayotgandi.

Al-Assafdan avval tashqi ishlar vaziri lavozimini podshohlikning hozirgi tashqi ishlar davlat vaziri Odil al-Jubayr egallagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top