15:32 / 24.10.2019
0
3843
“Saylov - 2019” videoroliklar tanlovi e'lon qilindi

Ijodiy ishlar 2019 yilning 15 oktyabridan 15 noyabriga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar 1-o‘rin uchun 10 million so‘m, 2-o‘rin uchun 7 million so‘m va 3-o‘rin uchun 5 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Markaziy saylov komissiyasi, Xalqaro matbuot markazi va Xalqaro press-klub “Saylov - 2019” videoroliklar tanlovini e'lon qildi

Unda yoshidan qat'i nazar barcha professional va havaskorlar ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Tanlov talabiga ko‘ra, ishtirokchilar saylov va uning insonlar hayotiga ta'siri haqida kreativ, ta'sirchan va zamonaviy yondashuv aks etgan hamda davomiyligi 2 daqiqagacha bo‘lgan o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida videorolik tayyorlashlari lozim.

Tanlovga planshet, shaxsiy kompyuter mobil telefon va boshqa vositalar orqali tayyorlangan AVI, MP4, MOV, MPEG formatidagi istalgan janrdagi videomateriallar: sahnalashtirilgan, hujjatli, animatsion, musiqiy va boshqa janrdagi ishlar qabul qilinadi. 

Arizalar 2019 yilning 15 oktyabridan 15 noyabriga qadar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ofisida hamda info@strategy.uz elektron pochtasi va telegramdagi rasmiy kanali t.me/dscuzbekistan orqali qabul qilinadi.

Tanlov nominatsiyalari:

Eng yaxshi sahnalashtirilgan videorolik;

Eng yaxshi animatsion videorolik;

Eng yaxshi informatsion videorolik;

Muxlislar e'tirofini qozongan videorolik.

G‘oliblarga quyidagi miqdordagi pul mukofoti beriladi: 1-o‘rin uchun 10 million so‘m; 2-o‘rin uchun 7 million so‘m va 3-o‘rin uchun 5 million so‘m.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar Hakamlar hay'ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

Mavzu
Saylov-2019
2019 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston parlamenti uchun saylovlar o‘tkaziladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top