15:58 / 25.10.2019
0
9571

«Bosh vazir kubogi» finali va konsert dasturi uchun 30 ming dona taklifnoma tayyorlandi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlar markaziy apparati xodimlari o‘rtasida «Bosh vazir kubogi» uchun o‘tkazilayotgan futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) musobaqalari ham yakunlanib bormoqda. 

26 oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tayotgan voleybol musobaqalarida g‘oliblar aniqlanadi, 27 oktabr kuni esa futbol musobaqalarida ham eng kuchli jamoa nomi ma'lum bo‘ladi. 

Tashkilotchilar musobaqaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, «Bosh vazir kubogi» musobaqalarining futbol bo‘yicha final o‘yini va tantanali taqdirlash marosimini yuksak saviyada tashkil etish maqsadida 27 oktabr kungi final o‘yinidan oldin hamda taqdirlash marosimi yakunlangach tomoshabinlar uchun o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida katta konsert dasturi tashkillashtirmoqda.

Tashkiliy qo‘mita tomonidan final o‘yini uchun 30 ming dona taklifnoma chiqarildi.

«Milliy» stadionda o‘tkaziladigan final bahsi hamda tantanali taqdirlash marosimining jonli guvohiga aylanishni istovchilar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining (71) 239-24-17 va (93) 542-99-96 telefon orqali taklifnomalarga buyurtma berishi mumkin.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top