10:17 / 25.10.2019
7
42663

O‘zbekistonda narxlarni chet el valutasi va shartli birliklarga bog‘lash taqiqlandi

Foto: RIA Novosti

O‘zbekistonda sotiladigan tovarlar narxlarining chet el valutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda “Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda aytilgan.

Qonunning 9-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi valutasida amalga oshiriladi, bundan Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun tariflar, narxlar, shu jumladan milliy elektron savdo maydonchalaridagi shunday tariflar, narxlar, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitallari) miqdorlariga doir talablar faqat O‘zbekiston Respublikasi valutasida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat bojlari, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlar faqat O‘zbekiston Respublikasi valutasida undiriladi, bundan konsullik yig‘imlari mustasno.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top