01:23 / 25.10.2019
0
18391
Peruda kamonlar bilan qurollangan hindular qishloqqa hujum qilishdi
Foto: AP

Mahalliy OAVning ma'lumot berishicha, qishloqqa hujum qilganlar aholisi 750 kishini tashkil etuvchi mashko piro qabilasidir.

Peru hukumati Amazoniyadagi qishloqlardan birining aholisini hindular hujumidan so‘ng evakuatsiya qildi. Bu haqda Madre-de-Dios regioni gubernatorining o‘rinbosari Jyefferson Gonsales Enoki ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qishloqda yashovchi 23 yoshli erkak boshiga kamon o‘qi tegishi oqibatida jarohatlangan. U zudlik bilan shifoxona yetkazilgan.
"Jarohatlangan shaxsdan tashqari yana 22 bola va 12 ayolni evakuatsiya qildik", - dedi Gonsales.

Mahalliy OAVning ma'lumot berishicha, qishloqqa hujum qilganlar aholisi 750 kishini tashkil etuvchi mashko piro qabilasidir.

Evakuatsiyada qatnashgan sotsiolog Ektor Sueyoning aytishicha, 150ga yaqin mashko changalzordan qishloqqa kirib kelgan va qishloqdagilardan oziq-ovqatlarni berishlarini talab qilgan.

Peruda tashqi dunyodan alohida yashaydigan 15ta hindu qabilasi bo‘lib, ularning soni 12-15 ming kishini tashkil etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top