18:56 / 26.10.2019
0
13650

Amerika qo‘shinlari Iroqdan Suriyaga qaytdi

SANA agentligining ma'lumot berishicha, kolonna o‘nlab harbiylar, harbiy texnika va vertolyotlardan iborat.

Amerika harbiy xizmatchilari kolonnasi Iroq hududidan Suriyaning Xaseke viloyatiga qaytdi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, kolonna o‘nlab harbiylar, harbiy texnika va vertolyotlardan iborat.

Avvalroq Amerika mudofaa vaziri AQSh neft konlarini IShID jangarilaridan qo‘riqlash uchun Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatiga qo‘shimcha kuch tashlashini ma'lum qilgandi.

AQSh qo‘shinlari Turkiya Suriyada harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng mamlakatni tark etgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top