17:00 / 26.10.2019
0
8266
Epsilon: «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda quduqlardagi debitni tiklash hamda gaz qazib olishni ko‘paytirish ishlari davom ettirilmoqda

Olib borilgan GRP ishlari natijasida, 26 oktabr kuni Janubiy Tandircha konidagi gaz oqimi chiqmayotgan ikkita quduqdan kunlik umumiy hajmi 220 ming. kub.m. gacha bo‘lgan debit olindi. Bugun GRP ishlari ikkita – Bahoriston va Janubiy Tandircha konlarida o‘tkaziladi. Konlarda kuniga to‘rttagacha GRP amaliyoti olib boriladi.

GRP ishlari samaradorlikning oshishiga olib keluvchi zamonaviy uskuna hamda dasturiy ta'minotlarni qo‘llagan holda olib borilmoqda. Mazkur ishlar yakuniga yetgach, tegishli hududlarda tiklash ishlari amalga oshiriladi.

Kompaniya olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor etib boradi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top