19:00 / 26.10.2019
0
9256
«Paxtakor» 12-marta O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi
Foto: Tribuna.uz

Toshkentning «Lokomotiv» stadionida O‘zbekiston Kubogi finali o‘tkazildi.

«Paxtakor» klubi Olmaliqning OKMK klubi bilan bellashib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Barcha gollarga Dragan Cheran mualliflik qildi.

Bu g‘alaba «Paxtakor»ga 12-marta mamlakat Kubogi sohibi bo‘lish imkonini berdi. Qayd qilish joizki, 2018 yilgi finalda ham shu jamoalar o‘ynagan va OKMK 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

O‘zbekiston kubogi. Final
26 oktabr, Toshkent shahri, «Lokomotiv» stadioni
PAXTAKOR (Toshkent) – OKMK (Olmaliq) 3:0 
Gollar
: Cheran (31, 61 pen, 79)
Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent)
Komissar: Aleksandr Davidenko
Paxtakor: Eldor Suyunov, Marko Simich, Sherzod A'zamov, Farruh Sayfiyev (Vladimir Kozak, 86), Xojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Yegor Krimets, 89), Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Marat Bikmayev, 80).
OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov, Bobur Yo‘ldoshev, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Dilshod Jo‘rayev, Mirjamol Qosimov (Jasur Umarov, 46), Erkin Boydullayev, Elguja Grigalashvili (San'at Shixov, 63), Murod Toshmatov, Shahzod Nurmatov (Jasur Hakimov, 73).
Ogohlantirishlar: Alijonov (79), Shorahmedov (74), Sayfiyev (74)

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top