18:27 / 26.10.2019
0
30242

Rossiya Afg‘oniston bilan chegaraga S-300 majmuasini joylashtirdi

«Favorit» majmuasi Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasini himoya qiladi. Ilgari S-300 majmuasi Qozog‘istonda bor edi.

Tojikistonga ilk bor «Favorit» S-300 zenit raketa majmuasi joylashtirildi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib RBK xabar berdi. Ikkinchi manba majmua Afg‘oniston bilan chegaraga joylashtirilganini aytdi.

«Bu Afg‘oniston bilan chegaradagi birinchi «Favorit» majmuasi bo‘ladi. Ilgari S-300 majmuasi faqatgina Qozog‘istonda bor edi», — dedi manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, S-300 Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasini havo hujumidan himoya qiladi. 

Avvalroq S-400 majmuasi va «Pansir-S» i raketa-artilleriya batareyasi Serbiyaga olib kelingandi. Ular 23-29 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top