20:02 / 26.10.2019
0
8120
«Rostov» - «Sochi». O‘yin oldi fotogalereya

Rossiya chempionati 14-turidan o‘rin olgan «Rostov» hamda «Sochi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga 1 soatdan ko‘proq vaqt qoldi. Rossiyada chiptalar asosan onlayn sotilgani sabab chiptaxonalar oldida navbat yo‘q. Muxlislar asta-sekin stadionga yetib kelishmoqda.

O‘yin oldidan muxlislardan Eldor Shomurodov haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. Ularning barchasi Eldorning ismini eshitishlari bilan kayfiyatlari ko‘tarilib, u haqda iliq so‘zlar gapirishdi. Bir guruh maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashar ekanmiz, ular maktabda ham bolalar Eldor haqida gaplashishlarini aytishdi.

Yoshi katta muxlislar Eldor Yevropaga ketmasligini va «Rostov»da qolishini xohlashlarini, ko‘pchilik yosh muxlislar esa Shomurodov «Kuchli beshlik»da o‘ynashini xohlashlarini, u bilan faxrlanishlarini aytishdi. Quyida «Rostov» — «Sochi» o‘yini oldidan tayyorlangan galereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top