19:18 / 26.10.2019
0
2961
Xitoyda ma'lumotlarni shifrlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Qonun davlat tuzilmalari, kompaniyalari va xususiy shaxslarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Xalq vakillari umumxitoy majlisi XXR tarixida ilk bor ma'lumotlarni shifrlash to‘g‘risidagi qonunni ma'qulladi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hujjat 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Qonunga muvofiq, hukumatning tegishli organlari kriptografik standartlarni nazorat qiladi.  

Agentlikning bildirishicha, qonun davlat tuzilmalari, kompaniyalari va xususiy shaxslarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.  

Qonunga asosan, hukumat kriptografiya sohasida malakali mutaxassislar tayyorlanishini rag‘batlantiradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top