21:08 / 27.10.2019
0
68441
Islandiya muzliklari qanday erimoqda: 30 yil avvalgi va hozirgi suratlar

Breydamerkuryokudl muzligi 1989 va 2019 yillarda

Shotlandiya va Islandiya olimlari guruhi 1980-yillardagi va hozirgi zamon dronlarida tasvirga olingan suratlarni taqqoslab ko‘rishdi. Aynan shu foto-loyiha Islandiya muzliklarida qancha yo‘qotishlar bo‘lganini aniqlash imkonini berdi.

Olimlarning diqqat-eʼtibori Vatnayokyudl muzliklarining janubiy qismiga qaratildi — u Islandiyaning eng katta muz kengligi bo‘lib, 7700 kvadrat kilometr maydonni egallaydi (orolning 8 foizi).

Shotlandiyaning Dandi Universiteti olimi Kiran Bakster Bi-bi-siga intervyusida shunday deydi: «Biz juda qisqa vaqt ichida shakllangan hayratomuz farqni ko‘rdik».

1989 yil
2019 yil

Islandiya universiteti va Islandiya Meteorologik byurosi olimlari ham ishtirok etgan loyihada 1980-yillarda tadqiqot samolyoti parvozi paytida olingan aerofotosuratlardan foydalanilgan. 

Minglab fotografiyalar olindi, keyin ular yerning yuqori aniqlikdagi uch o‘lchovli modeliga aylantirildi.

Kiran Baksterning so‘zlariga ko‘ra, maydonni turli burchaklardan ko‘rsatish uchun rasmlarni qayta shakllantirish mumkinligini anglatadi.

«Keyin biz ushbu suratlarni dron yordamida olingan hozirgi zamon tasvirlari bilan taqqoslashimiz mumkin».

1989 yil
2019 yil

Olimlar umid qilishadiki, muz qatlamidagi farq fotosuratlarni taqqoslashda sezilarli bo‘lib, odamlar Islandiya muzliklari qanchalik tez qisqarayotganini ko‘rishlariga yordam beradi.

Islandiya Meteorologik byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, 2000 yildan buyon mamlakat muzliklari taxminan 750 kvadrat kilometr maydonga chekinib, yiliga o‘rtacha 40 kvadrat kilometr yo‘qotadi.

So‘nggi yozda Islandiyada qariyb 700 yoshda Yer yuzidan deyarli g‘oyib bo‘lgan Okyyekudl muzligi bilan tantanali vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muzlik harakat qilish qobiliyatini yo‘qotgan 2014 yilda rasman o‘lik deb e'lon qilingan. Qachonlardir gigant deb e'tirof etilgan muzlik vulqon ustidagi mayda muz parchasiga aylandi.

Iqlim o‘zgarishlari oqibatida muzliklarning yo‘q bo‘lib ketishi dunyoning global muammosidir. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo guruhning so‘nggi hisobotida aytilishicha, agar uglerod otilishi yuqorilashda davom etaversa 2100 yilga borib Yevropa, Afrika, And va Indoneziyadagi kichik muzliklar hozirgi massasining 80 foizini yo‘qotadi.

Ekspertlarning ogohlantirishiga ko‘ra, dunyo okean sathi ko‘tarilishi millionlab odamlar uchun ulkan oqibatlar olib kelishi mumkin.

NATIONAL LAND SURVEY OF ICELAND
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top