12:02 / 28.10.2019
0
9657

Peterburg yaqinida yuk poyezdi o‘zbekistonlik muhojirni urib ketdi

Illyustrativ foto

Leningrad oblastining Lomonosov tumanida 1,5 ming tonna shag‘al ortilgan yuk poyezdi muhojirni urib ketdi. Erkak voqea joyida vafot etgan.

47news xabariga ko‘ra, erkak kishi 26 oktabr kuni kechqurun poyezd ostida qolgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yaqin joydagi maydonchada quruvchi bo‘lib ishlaydigan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Poyezd mashinistining so‘zlariga ko‘ra, u temir yo‘ldan ketayotgan piyodani payqagan va unga chetga chiqish signalini chalgan, lekin qaytarma qalpoqda bo‘lgan erkak bunga reaksiya bildirmagan. Poyezd soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan tezlikda harakatlangani aytiladi. Favqulodda to‘xtashga qaramay, to‘qnashuv oldini olishning imkoni bo‘lmagan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top