16:10 / 28.10.2019
2
38509
Qalbaki dollar tayyorlash va uni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi 
Foto: Vitaly Timkiv

Namangan shahrida qalbaki pul tayyorlash va uni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari  bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro M.M. har biri 100 AQSh dollari kupyurasidagi 21 dona 2.100 AQSh dollari miqdoridagi qalbaki valuta qimmatliklarini fuqaro U.T.ga 1.000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top