15:00 / 28.10.2019
0
14503

Toshkentda issiq suv quvuri yorilishi tufayli Nukus ko‘chasining bir qismi yopildi

Toshkent shahrining Nukus ko‘chasida issiq suv quvuri yorilib ketdi.

Foto: Nasimov. Stolik s vidom na planetu

Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, Nukus ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Avliyo ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi issiqlik ta'minoti quvurini ta'mirlash ishlari sababli vaqtincha yopildi.

«Isitish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida yakuniy bosim berish bosqichida yuqori bosim ta'sirida Nukus ko‘chasidagi quvur yorildi.

Befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz tomonidan berilgan tezkor axborot sababli o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rilib, ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu hududda amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida yana xabardor qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top